Surxondaryoda izlanuvchan talabalar uchun hokim stipendiyasi taʼsis etiladigan boʻldi

    Keyingi avlod 15 Iyun 2021 2229

    Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovning yoshlar bilan qiziqarli savollar va samimiy javoblarga boy boʻlgan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

    Suhbat chogʻida yigit-qizlar ilm-fan, sanʼat va adabiyot kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida ham gapirib berdi.

    Ijodkor yoshlar viloyat rahbariga chop etilgan ilk kitoblarini tuhfa qildi. Kuy-qoʻshiqlar ijro etdi.

    Uchrashuvda eng bilimli, izlanuvchan talabalar uchun 1 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, hokim stipendiyasi taʼsis etiladigan boʻldi. Muloqot yakunida bir guruh eng faol yoshlarga viloyat hokimining pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi, deya xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.