Termiz tumanida yashovchi (1989-y.t.) fuqaro 2021-yil sentyabr oyida Denov tumanida tojikistonlik shaxsdan 2 kg “opiy” moddasini 14 ming dollarga sotib oladi va kelgusida uni qayta sotib, daromad topish maqsadida uyida saqlaydi.
2022-yil iyun oyida u Termiz shahri va Termiz tumanida yashovchi (1983 va 1986-yillarda tugʻilgan) 2 nafar tanishi bilan ushbu ajal ogʻusini 40 ming dollarga sotgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Shuningdek, holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida Termiz shahrida yashovchi (1985-y.t.) shaxs ham mazkur noqonuniy ishga aralashganligi aniqlandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining hukmiga koʻra, ushbu 4 nafar shaxs Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12 yildan 14 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.