Shu maqsadda, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Taraqqiyot strategiyasida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida, yangi qurilayotgan GESlar va modernizatsiya qilinayotgan GESlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mazkur rejaga muvofiq, Surxondaryo viloyatida joriy yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati yuqori boʻlgan “Toʻpalang GES” UK da modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
GES faoliyati uchun har birining quvvati 72,5 MVt boʻlgan 2 ta gidroagregatlar oʻrnatiladi. Modernizatsiyadan soʻng GESning umumiy quvvati 175 MVtga yetkaziladi. Mazkur modernizatsiya ishlari Rossiya Federatsiyasining “Silovы́ye mashínы” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.