Hokimlik bergan maʼlumotga koʻra, mazkur mablaqqa viloyatdagi neft va gaz konlarida neft qazib olishni koʻpaytirish va uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida xorijiy korxona tomonidan yillik 255 ming tonna neft mahsulotlari qazib olish va qayta ishlashni amalga oshirish rejalashtirilgan. 2022-yilda korxona tomonidan 115,5 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, shundan 23,2 ming tonna benzin, 31,3 ming tonna uchoq yoqilgʻisi hamda 61,0 ming tonna yoʻlbop bitum ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda korxonada 1 ming 550 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.
Bugun viloyat hokimi Jarqoʻrgʻon tumanida boʻlib, ushbu xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi va mavjud muammolar oʻrganildi. Korxona tomonidan hududlardagi kon va quduqlardan neft qazib olish hamda qayta ishlash jarayonlarida elektr energiyasi taʼminotidagi muammolar mavjud. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun 15 MVtlik quyosh elektr stansiyasi qurilishi talab etilmoqda. Mutasaddilar bilan xorijiy korxonada quyosh elektr stansiyalarini oʻrnatish loyihasi muhokama qilindi. Mutaxassislarning loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalari tinglandi.
Masʼullarga korxonaning toʻliq quvvatda ishlashini taʼminlash uchun elektr energiyasi va qoʻshimcha gaz kondensati bilan taʼmilash boʻyicha muammolarini batafsil, mutaxassislar ishtirokida oʻrganib chiqib, taklif kiritish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Hozirgi energiya resurslari hamda neft mahsulotlariga boʻlgan talabni inobatga olgan holda kiritilayotgan takliflarni har tomonlama puxta ishlab chiqish, yashil energiyadan foydalanishni yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.