Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM xodimlari “Janubiy Oʻzbekiston hududida 1:100 000 miqyosli kosmogeologik tadqiqotlar” nomli davlat loyihasi boʻyicha dala tekshiruv ishlarini amalga oshirgan.

Tadqiqot davomida Surxontov togʻining Vaxshivor maydonida dala deshifrovkalash ishlari olib borilishi natijasida u yerda malaxitlashuvga boy yangi maʼdanli tuzilma borligi aniqlangan.

Bu haqda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu aniqlangan tuzilma oltin va polimetall istiqbolli ekanligi prognoz qilinmoqda.

Hozirda mazkur tuzilma davomiyligi yana qoʻshimcha ravishda oʻrganilmoqda, - deyiladi xabarda.