Oʻzbekiston – Yaponiya diplomatik aloqalar oʻrnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida «Sushini sevaman» nomda anʼanaviy taomi maketlari koʻrgazmasi ochildi.

Ekspozitsiyadan oʻrin olgan hozirda butun dunyoga mashhur Sushi taomi maketlari bu taom haqida chuqurroq tushuncha beradi.

Ekspozitsiyada 200 ga yaqin sushi maketlari namoyish qilinmoqda. Ularning har biri ushbu taom falsafasi, tarixi va zamonaviyligi haqida soʻzlaydi.

Koʻrgazmaning ochilishida Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Xatori Takashi soʻzga chiqdi. Koʻrgazma namoyishi joriy yilning 5-martigacha davom etadi.

Hasan Abdunazarov