Xususan, Telegramdagi uzst_bot boti orqali qarzdorlikni aniqlash, to‘lov amalga oshirish, suv o‘lchagich ko‘rsatkichini yuborish va to‘lovlar yoki suv taʼminoti korxonalari haqida maʼlumot olish mumkin. Buning uchun avvalo botga ulanish va so‘ngra shaxsiy hisobraqamni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tish kifoya.
Shuni unutmangki, ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni 5 usul orqali amalga oshirish mumkin:
- elektron to‘lovlar orqali (Click, PayME, U-PAY, Paynet);
- Internetsiz to‘lovlarni masofadan turib amalga oshirish (*880# qisqa raqamiga USSD yuborgan holda);
- uzst_bot telegram boti orqali;
- suv taʼminoti inspektoriga (naqd yoki plastik orqali, bunda chek talab qilishni unutmang);
- bankka borib yoki bank ilovasi orqali.
Murojaat uchun: 1255