Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1994 yilda tug‘ilgan, oldindan kuzatuvga olingan shaxs ushlan-di. Undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yildi.

Qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gramm “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu fuqaro ijarada yashayotgan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi xonadon ham ko‘zdan kechirildi. U yerdan narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalanilgan 2 ta elektron tarozi, “zip” paketlar va skotchlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergov davomida aniqlanishicha, ushlangan shaxs internet orqali faoliyat yurituvchi narkodukonda “omborchi” sifatida ishlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.