Bu haqda Prezidentning “Suv xoʻjaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–99-son, 26.05.2026 y.)da belgilandi.

Farmonga koʻra, suv fondi yerlarini ijaraga berishda Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi yagona buyurtmachi etib belgilandi.

Cuv omborlari va sel-suv omborlari, kanallar, kollektorlar, tabiiy koʻllar va gidrotexnika inshootlarini tuproq materiallaridan tozalash tadbirlariga tashabbuskor tadbirkorlarning eng yaxshi takliflari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat etiladi.

Cuv omborlari va sel-suv omborlarining suvdan boʻshagan hamda tuproq namligi saqlangan yerlaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu yerlar tashabbuskorlarga qisqa muddatga ekin ekishga Davlat muassasasi tomonidan elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.

Tozalanishi lozim boʻlgan suv xoʻjaligi obyektining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ushbu sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlari jalb etiladi.