Unga ko'ra:
Suv resurslaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tasdiqlandi.
Ishchi guruh suv resurslaridan foydalanishni to'liq nazoratga oladi, ayniqsa, yirik suv omborlaridan suv chiqarishni qat'iy ravishda aniq hisob-kitoblariga asoslangan talabnomalari bo'yicha amalga oshiradi.
Har bir tumanda va har bir sektor hududida sug'orish shtablari tashkil etilib, shtablarda suv tanqisligining salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va suv resurslaridan samarali foydalanish nazorat qilinadi, suvning taqsimoti va hisob-kitobini yuritilib, suvchilarga dalada sharoit yaratish va ularga ish haqlarini o'z vaqtida berib borish ta'minlanadi.
SHuningdek,
10 kun muddatda suv olish limitlarini har bir irrigatsiya tizimi kanali va sug'orish tarmog'i, shu bilan birgalikda, suvdan foydalanuvchilar, fermer xo'jaliklari va boshqa suv iste'molchilari bo'yicha tasdiqlab, tegishli shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Suv tanqisligi sharoitida xarid qilingan ko'chma dizel` va boshqa turdagi nasos agregatlari 10 kun muddatda xatlovdan o'tkazilib, qo'shimcha suv etkazib berish maqsadida kollektor-drenaj tarmoqlariga o'rnatiladi.
2020 yil mavsumida suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilishning prognoz ko'rsatkichlari ham tasdiqlandi.
Bundan tashqari,
Barcha tijorat banklariga agroklasterlar, fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtiruvchilariga ko'chma egiluvchan quvurlar komplektini xarid qilish uchun zarur hajmda kreditlar ajratish tavsiya qilindi.