Suv va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddati uzaytirilmoqda

    Mamlakatimizda 4 Iyul 2023 891

    Vazirlar Mahkamasining 30.06.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 269-son qarori qabul qilindi.

    Hujjat bilan gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddatini 2024-yil 1-martdan kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Muqaddam majburiy raqamli markirovkani 2023-yil 1-iyuldan kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 30.06.2023-yildan kuchga kirdi.