Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni taʼminlash Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2025-yil 1-sentyabrdan:
- xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos boʻladi;
- majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
- markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
- avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



