Qarorga koʻra, raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini toʻliq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qoʻyish asosiy maqsad etib belgilandi.
Tadbirkorlar tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qoʻllash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi.
Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qoʻllangandan keyin ular uchun toʻlov amalga oshiriladi.
Shuningdek, raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qoʻllanadigan markirovka kodlari Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori (Operator) tomonidan bepul taqdim etiladi
Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan:
- import qiluvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;
- raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.



