Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Samarqandtumangaz” boʻlimi SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari 221 mln soʻmlik suyultirilgan gazni sotishidan tushgan mablagʻlarni kirim qilmasdan, oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan terovga qadar tekshiruvda, “Urguttumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boshligʻi U.B. va boshqalar 115,9 mln soʻmlik suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.