Qizigʻi shundaki, u pul toʻlagan fuqarolarga muhrlangan kvitansiyalar taqdim qilgan. Lekin yigʻilgan pul mablagʻlarini gaz taʼminoti filiali hisob raqamiga oʻtkazmasdan, tuman gaz taʼminoti boʻlimining masʼul xodimi bilan jinoiy til biriktirib, soxta maʼlumotlarni kiritib, ushbu pul mablagʻlari gaz taʼminoti filialining hisob raqamiga tushganligini koʻrsatib, oʻzining jinoiy qilmishlarini yashirgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.