Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.S.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari xoʻjalik ekin yer maydonida 3 ta suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab jami 263,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Shuningdek, Departamentning Paxtaobod va Shahrixon tumani boʻlimlari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “O.X.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari va fuqaro Y.I. 1 dona suv nasosi hamda gaz uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 252,5 mln soʻmlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro K.Z. tashkil etgan muzlatish xonasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, jami 110 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169 moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.