Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025-yil 1-iyulgacha ishga tushiriladi:

  • ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga koʻmaklashish;
  • oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
  • zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
  • loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.

2025-yil 1-maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yoʻlga qoʻyiladi:

  • oʻz biznesini tashkil etmoqchi boʻlgan xotin-qizlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish;
  • kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
  • mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga oʻz mahsulotlarini joylashtirish va sotishga koʻmaklashish.

2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasi tasdiqlanadi.

Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.