Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKning “Andijon-1” stansiyasi boshligʻi M.M. “P.t.” MCHJga aholiga arzon narxlarda koʻmir yetkazib berishda temir yoʻl xarajatlari uchun imtiyoz berilganligidan foydalanib, MCHJ ish yurituvchisi D.Z.ga goʻyoki imtiyozlardan foydalanishda koʻmaklashish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.