Tadbirkorga gaz taʼminoti hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan gaz taʼminoti xodimi ushlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha,

    oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sergelitumangaz“ gaz taʼminoti mahallada ishlash xizmati gazchisi A.E. “N.T.“ MCHJ rahbari R.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida korxona uchun gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.