Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan 27.02.2022-yilda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Mikrokreditbank” ATBning Fargʻona viloyati mintaqaviy filiali yetakchi mutaxassisi A.S. “Z.S.” MCHJ rahbari B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 30 mln soʻm evaziga Fargʻona shahridagi tijorat banklaridan 1 mlrd soʻm imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilib, oldindan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.