Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan taqdim etilayotgan kompensatsiya uchun "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimida ro'yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo'lmagan tijorat banklari kreditlari bo'yicha kafillik beriladi.
Tadbirkorlik sub'ektlariga bank kreditlari bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat'iy nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 milliardd so'mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 milliard so'mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi (telefon raqami: 71 238-69-07)
Batafsil ma'lumotni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2021 yildagi PQ-5087-son qaroridan olishingiz mumkin.