Tadbirkorlar uchun davlat mukofoti ta'sis etilishi mumkin

    Dolzarb 12 Noyabr 2021 2211

    Prezidentning “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta'sis etish to'g'risida”gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo'yildi.

    Loyihaga muvofiq mukofot Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 5 nafardan vakillariga har yili “Tadbirkorlar kuni” arafasida topshiriladi.

    Mukofot biznes va jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishib kelayotgan tadbirkorlarga taqdim etilishi nazarda tutilmoqda.

    Mukofotga talabgorlar bo'yicha takliflar Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geral`dika bo'yicha Komissiyaga vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari takliflariga ko'ra Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi. Komissiya tomonidan ko'rib chiqilgandan keyin takliflar Prezidentga kiritiladi.

    Mukofot bilan takdirlangan biznes vakillariga BHMning 100 baravari mikdorida bir marta to'lanadigan pul mukofoti beriladi.

    Loyiha o'zgartirilishi, unga qo'shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.