Unda “Q.G.” oilaviy korxonasi savdo boʻlimi boshligʻi N.Ya. korxonada ishlab chiqarilgan 461,5 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini naqd pulga sotib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.U. va boshqalar “I.G." MCHJning barcha ishlarini mustaqil bajarish huquqini beruvchi ishonchnomani olishga erishib, korxona hisob raqamidagi 200 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.