Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi sudlarga murojaat qilganda endi boj to‘lamaydi

    Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855, 13.07.2023 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Unga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

    Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.