Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.Sh. “N.B.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, joriy yilning yanvar oyida xorij davlatlaridan avtomobil ehtiyot qismlarini olib kelib berish evaziga uning 34 370 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.