Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand shahar boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar gaz taʼminoti boʻlimi texnigi Sh.A. tadbirkor M.ga qarashli oshxonani tabiiy gaz tarmogʻiga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.