Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu metodika peshobda oqsil miqdori ko‘payishi va albumin darajasi pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan nefrotik sindrom rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Chunki ushbu alomatlar buyraklar faoliyatini izdan chiqarishi bilan ma’lum.
Olimlar fikricha, PAR-1 reseptorlari blokatorlari orqali mazkur kasallik rivojlanishining oldini olish mumkin.
Bristol universiteti xodimlari bunday blokatorlardan foydalanish steroidlarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi, degan qat’iy xulosada.
Qolaversa, ushbu yangilik buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yanada samarali davolash usuliga aylantiradi. Chunki transplantasiya qilingan organ endi u qadar zaif bo‘lmaydi.