Yil davomida tanlovga Davlat dasturining har bir yoʻnalishi boʻyicha belgilab berilgan vazifalar, chora-tadbirlar natijadorligi chuqur tahlil etilgan, xolis va tezkor yoritilgan yuzdan ziyod materiallar kelib tushdi.
Taʼkidlash lozimki, tanlovga yuborilgan materiallarda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida belgilab berilgan ishlarning amaliy natijalari; qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish sohasida yil davomida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi; iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar; ijtimoiy rivojlanish sohasidagi qilingan ishlarning natijalari keng tahlil etilganligi gazetxonlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Tanlov hayʼati xulosasiga koʻra,
1-oʻrin Oʻzbekiston sanʼat arbobi Ibrohim Gʻafurovga nasib etdi.
2 ta 2-oʻringa akademik Naim Karimov va Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Yelena Ten sazovor boʻlgan boʻlsa,
3 ta 3-oʻrinni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zulfiya Moʻminova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Nazokat Kasimova hamda jurnalist Shohsulton Toʻxtamatovlar qoʻlga kiritdi.
Tanlov gʻoliblari tahririyatning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.