Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev, To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari Bobur Yangibaev, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining direktorlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tumandagi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’limning sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, o‘qituvchilarning fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga egalik darajasi, pedagoglarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini va 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishi, iqtidorli, IT sohasida daromad topuvchi o‘quvchilar ulushini oshirish va «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasidagi ishlarning samaradorligini ta’minlash vazifalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqotning asosiy maqsadi – ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar salohiyatini oshirish va o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Minajatdin QUTLЫMURATOV,

«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.