“Ushbu loyiha nafaqat tailandliklar uchun, balki insoniyat uchundir... Biz vaktsinani ishlab chiqib, dunyo hamjamiyatining muammolarini hal qilishda ishtirok etishimiz kerak”, — dedi vazir.
Ushbu vaktsina kelasi haftada maymunlarda sinovdan o'tkaziladi va keyin ko'ngillilarda sinab ko'rilishi mumkin.
“Hozirda AQSH va Kanadada Tailand vaktsinasini ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o'tsa, yil oxirida vaktsina ommaviy ishlab chiqariladi“ deya qo'shimcha qilgan vazir.
Ayni damda Tailandda 3040 kishi koronavirusga chalingan bo'lib, ularning 2916 nafari sog'aygan, 56 kishi kasallikdan vafot etgan.