Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etishicha, joriy yilning 11-yanvar kuni halokatga uchragan katerda 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan.
Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlangan fuqarolar toʻliq sogʻaygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.
Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sugʻurta mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab berilgan.
Hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sogʻliqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan.