Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.K. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, jami 460 quti “SARS-COV-2 lgM/lgC” nomli tibbiy buyumlarni 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Chinoz tuman boʻlimi, DXX hamda DBQning viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. va boshqalar oldindan til biriktirib, 175 quti “Remdesivir for Injection 100 mg/Vial” nomli dori vositalarini jami 7875 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent tuman boʻlimi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A. 8 300 dona “Nikozon-S” nomli dori vositasini jami 120 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.