Pandemiya sharoitida talab yuqori bo'lgan dori vositalarini
qimmat sotayotgan MCHJ mas'ullari ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning YAkkasaroy tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, “C.S.”, “F.M.”, “O”, “C.T.” va “N.F.” MCHJlar mas'ullari va fuqaro I.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida o'zaro oldindan til biriktirib, “Koronavirus” pandemiyasi davrida aholi tomonidan talab yuqori bo'lgan “ENOX-4000 anti-Xa IU/0.4ml” dori vositasini narxini sun'iy ravishda oshirishib, fuqaro A.ga 156 quti dorini har bir qutisini 440 ming so'mdan hisoblab, jami 68,6 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.