Talabalar tomonidan qancha chegirmali temir yoʻl chiptalari xarid qilingani maʼlum boʻldi

    Transport 3 Yanvar 2025 1329

    "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJ matbuot xizmati 50 foizli chegirma bilan talabalar tomonidan qancha miqdorda chipta xarid qilinganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 3-yanvar soat 8:00 holatiga koʻra, elektron tarzda 30 052 nafar chiptaxonalardan esa 7397 nafar, jami 37 449 nafar talaba chegirmali chiptalar xarid qilgan.

    Eslatib oʻtamiz, 2-yanvarda, jami 36 016 nafar talaba talaba chegirmali chiptalar xarid qilgan edi.