Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo'ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma muddatini 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirganini e'lon qildi.

Shuningdek, 2023-yil 10-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 18-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.