DXX matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Margʻilon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi pora bilan qoʻlga olindi. Aytilishicha, u fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bogʻcha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni vaʼda qiladi.

Kelishilgan 2 ming AQSH dollari xizmat xonasida olayotgan vaqtda DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.