Nizomga koʻra, davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
- 1-bosqich — arizani rasmiylashtirish
- 2-bosqich — taʼlim sifatini ichki baholash
- 3-bosqich — taʼlim sifatini tashqi baholash
- 4-bosqich — davlat akkreditatsiyasi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish
Taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida arizalar kelgusi oʻquv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1-oktyabrdan kelgusi yilning 31-yanvarigacha qabul qilinadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
— litsenziya yoki yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi
— arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
— davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga biriktirilgan masʼul xodimning maʼlumotlari
Arizalar 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Taʼlim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.