2020 yil Xalq ta'limi tizimi Qorako'lliklar uchun parvoz qilish yili bo'ldi desam adashmagan bo'laman.Muxtaram Prezidentimiz tomonidan hurmatli ustozimiz. To'xtamurod Jumaevning ish faoliyatlari va vatanga sadoqatlarini yuksak baholanib “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlaganliklari bugungi kundagi qorako'llik pedagoglarning ishlariga baho bo'ldi, albatta. SHuningdek soha xodimlaridan 2020 yil davomida 3 nafar o'qituvchi “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Hurmatli Prezidentimizning Qorako'l ta'lim tizimiga yuqori baho berganlari biz Qorako'lliklarni juda xursand qildi shu bilan bir qatorda mazkur uchrashuv va Parlamentga murojaatnomalarida xalq ta'limi vakillariga ulkan vazifa va mas'uliyat yuklandi. Bugungi kunda biz shunday e'tiroflarga loyiq bo'lishimiz, bundan havolanib ketmasligimiz uchun belimizni mahkam bog'lab ikki karra ishlashimiz. Ta'lim tizimimizda tub isloxatlarni amalga oshirishimiz kerakligi, yoshlarning kelgusidagi salohiyati bizning bugungi ish tartibimiz, jonkuyarligimiz va vatanparvarligimizning samarasi bo'lishi aniq tushuntirildi.Sababiki, uzoqni ko'zlagan va rivojlangan davlatlarning tendentsiyasi, bosib o'tgan yo'li ta'lim va ilm-fan sarchashmasidan suv ichishi hammaga kundek ravshanlashmoqda.

2021 yilda ushbu soxalarda juda ko'plab ishlarni amalga oshirishimz kerak.   Jumladan; birinchi navbatda o'qituvchilar, maktablar sinflar o'rtasida reyting tizimini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qilishimiz zarur.

SHuningdek 2021 yilda Qorako'l tumanida Xalqaro matematika maktabi qurilishi yakunlanadi, Investitsiya dasturi doirasida   “SHo'robod” MFY hududida joylashgan 6-son maktab rekonstruktsiya qilinib, 420 nafar o'quvchiga mo'ljallangan yangi blok quriladi, “Tinchlik” MFY hududida joylashgan 4-son maktabda qo'shimcha sportzal qurilishi ishlari olib boriladi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida namunaviy tuman sifatida Qorako'l tumani tanlab olingani ham yoshlarimiz uchun ayni muddaodir.endi aniq fanlar bo'yicha kerak bo'lsa dunyo yoshlarini dog'da qoldirgan Qorako'l yoshlari-Qorako'l ta'limi amaliy jihatdan ular bilan tillashib, hamkorlik aloqalarini o'rnatish imkoniyati ham mavjud.

Qorako'l ta'limi bugun Respublika cho'qqilarini zabt etdi. Bunda umrini ta'lim va xalq farzandlari uchun fido qilgan jafokash ustozlarimiz va yurtim deb yongan, qalbi g'ururga to'la yoshlarning mehnati beqiyos, albatta.

Kelgusida esa ta'lim tizimimiz dunyo miqyosida tan olinmog'i uchun bugun Davlatimiz rahbari qilgan murojaatnomada hamma imkoniyatlar o'z aksini topgan.

Umid Nurov, Qorako'l tumani Xalq ta'limi bo'limi mudiri