Taʼmirlash ishlari sabab 7 ta viloyatning baʼzi hududlari vaqtincha gazdan uziladi

    Toshkent, Navoiy, Sirdaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Fargʻona va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlari taʼmirlash ishlari tufayli rejali tartibda vaqtincha gazdan uziladi.

    Taʼmirlash va gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli shu yilning 14-fevral kuni ayrim hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Toshkent viloyati Nurafshon shahri (13:00 dan 17:00 gacha) va Quyichirchiq (09:00 dan 17:00 gacha) tumanida 637 ta aholi va 4 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Navoiy viloyati Navbahor tumani da 09:00 dan 17:00 gacha 122 ta aholi va 1 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 10:00 dan 17:00 gacha 3120 ta aholi va 55 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Qashqadaryo viloyati Koson va Muborak tumanlarida 08:30 dan 18:00 gacha 10825 ta aholi va 95 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Buxoro viloyati Olot tumani da 13:00 dan 17:00 gacha 4690 ta aholi va 125 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri va Dangʻara tumanida 13:00 dan 16:00 gacha 16 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

    Jizzax viloyati Yangiobod (09:00 dan 11:00 gacha) va Paxtakor (09:00 dan 16:00 gacha) tumanlarida 170 ta aholi isteʼmolchilarida.

    Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.