Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Zulfiya Moʻminovaning ushbu kitobidagi asarlar qalam ahlining insoniyat, ayniqsa, millatdoshlari bilan dardlashish hamda ularni ogohlik, jasorat, maʼrifatga daʼvat etish xarakteriga ega.

Toʻplamda shoiraning yurtimiz, olijanob xalqimiz, buyuk tariximiz, bugunimiz va kelajagimiz borasidagi otashin xitoblari jamlangan.

Ijodkorning tarix saboqlari, yangi zamon oʻzgarishlari, donishmand xalqimiz matonati, shonli kechmishi haqida bahs yurituvchi ushbu kitobi ibratli fikrlarga boyligi hamda jozibador ifodasi bilan eʼtiborni tortadi.

Keng kitobxon ommasiga yangi kitob muborak boʻlsin, maroqli mutolaa tilaymiz.