Jumladan, vatanparvarlik oyligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismlari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” maʼnaviy-maʼrifiy koʻngilochar tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi.
Unda hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan shartnoma asosidagi va muddatli harbiy xizmatchilardan tashkil topgan 5 ta jamoa 3 ta shart asosida bellashdilar.
Jamoalar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va maʼnaviy savodxonligi, zukkoligi, epchilligi, sanʼat borasidagi mahorati, noodatiy vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilishi boʻyicha baholandi.
Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi hakamlari tomonidan har bir shart odilona baholab borildi. Musobaqa natijalariga koʻra, Toshkent viloyati Chirchiq shahridan ishtirok etgan “Yosh gvardiyachilar” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Barcha gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.