Unda poytaxtimiz markazi, Amir Temur muzeyi orqasidagi xiyobonda kuchli shamol tufayli bir tup archa daraxti joyidan qoʻporilib ketgani, uning ildizi yerdan butunday uzilmagani uchun hali oʻsib ketishi mumkinligi, lekin oradan toʻrt-besh kun oʻtsa ham hech kim unga eʼtibor bermayotgani haqida yozgandik.
Masʼullarning bu luqmaga munosabatini bilish maqsadida bugun yana oʻsha xiyobonga bordik. Rahmat ularga, bir kunda archani joyiga tiklab, yana qulab tushmasligi uchun atrofdagi daraxtlarga bogʻlab qoʻyibdi. Ishonchimiz komilki, archa yana oʻsib ketadi.