Ma'lumotlarga ko'ra, qulagan binoda 10 kundan keyin yakunlangan qutqaruv operatsiyasi natijasiga ko'ra, 29 kishi halok bo'lgani aniqlandi, vayronalar ostidan 84 nafardan ortiq kishi qutqarib olindi.
Eslatib o'tamiz, eng katta bozor joylashgan Kariakou hududida 16-noyabr kuni to'rt qavatli binoning qulashi sodir bo'lgan edi. O'shanda 13 kishi halok bo'lgani va 42 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Hukumat matbuot kotibi Tobias Makobaning so'zlariga ko'ra, hodisa yuzasidan olib borilayotgan tergov davomida bino egasi qo'lga olingan. Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu Hasan bosh vazir Kassim Majaliva boshchiligida Kariakudagi barcha binolarning holatini tekshirishni buyurdi, deb xabar beradi report.az.