Qayd etilishicha, oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Angren shahar “Jigariston“ MFY hududidan oqib oʻtgan “Ohangaron daryosi“da taqiqlangan ov quroli leskali toʻr yordamida baliq ovlanayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzar shaxsiga oydinlik kiritilganda 1991-yilda tugʻilgan Angren shahri “Navroʻz“ mahallasida yashovchi huquqbuzar A.S.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 90-moddaning tegishli bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 7.500.000 soʻm miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.