Bularning barchasiga esa, kichik sanoat zonalaridagi mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali erishish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, kichik sanoat zonalaridagi mavjud imkoniyatlar, mahalliy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar tomonidan ko'tarilayotgan masalalar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Namangan viloyatiga safari asnosida, Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Botirjon Nuriddinov hamda Namangan shahar hokimi G'afurjon Jamolov hamrohligida Namanganning eski shahar qismida tashkil etilgan kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida E.Tulyakov tadbirkorlar bilan uchrashdi va ular tomonidan ko'tarilgan masalalar bilan atroflicha tanishdi. Shuningdek, kichik sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati, ish jarayoni, shart-sharoitlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham ko'zdan kechirildi. Tadbirkorlar bilan suhbat asnosida Markaz rahbari mahsulotlarning zamon talablariga javob berishi, yuqori sifatli, eng muhimi, xalq uchun hamyonbop bo'lishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, E.Tulyakov poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Master Klass” MCHJ, ko'rpa-to'shak ishlab chiqaruvchi tsexlar, qurilishi yakunlanayotgan tikuvchilik tsexida ham bo'ldi. U yerda ham Markaz rahbari ishlab chiqarish jarayoni, tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirayotgan masalalar tinglandi, shu bilan birga ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha ularga bir qator tavsiyalar ham berildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati