Ushbu fan oʻquvchilarni hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, masʼuliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sogʻlom eʼtiqod, maʼrifatparvarlik, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishi bilan avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi.
Yangi yondashuvlar oʻqituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida oʻtishni taqozo etadi. Shuni hisobga olib, yangi fanni oʻtishda oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash, fan maqsad-vazifalarini va gʻoyasini ommalashtirish maqsadida www.tarbiyam.uz sayti joriy etildi.
Saytda “Tarbiya“ fanini oʻqitish dasturlari, taqvim-mavzu reja va darslikning elektron variantlari, qolaversa, darsni tashkil etishga doir barcha metodik yordam, qoʻshimcha manba va materiallar mavjud.
Saytdan, shuningdek, darsliklarning elektron variantlari, ibratli hikoyalar, muvaffaqiyatga erishgan zamondoshlar haqida maʼlumotlar oʻrin olgan.