— Soʻnggi besh yilda tibbiyot sohasiga xususiy sektorni jalb qilish masalasiga ahamiyat qaratilgani, soliqlardan ozod qilish va barcha sharoitlarni yaratib berish, bojxona bojlarida imtiyozlar belgilanishi natijasida bizning sohamizda ham tub oʻzgarishlar roʻy berdi.

Yadro tibbiyot markazi Oʻrta Osiyodagi yagona markazlardan hisoblanadi. Biz pozitron-emission kompyuter tomografiyasini qoʻllashni 2018-yilda xususiy klinikada boshlaganmiz. Avvaliga 5 kishi faoliyat olib borgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib, ular soni 53 nafarga yetdi.

Bu sohada laboratoriya va pozitron-emission kompyuter tomografiyad an tashqari olib borilayotgan ishlar natijalariga koʻra, bizga alohida yer ajratib berildi. Ayni paytda bu yerda tibbiyot klasterini yaratish maqsadida 12 qavatli bino qurilmoqda.

Pozitron-emmision tomografiyadan oʻtgan bemorlar radiologiya markazi, kardiologiya, endokrinologiya, onkoxirurgiya xizmatidan foydalanishi mumkin boʻladi. Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib chiziqli tezlatgichning 4 ta va 2 ta bronxoterapiya apparati oʻrnatiladi. Bu hozirgi kunda 1 dona chiziqli tezlatgich soni toʻrt barobar oshadi, deganidir.

Loyihaning ishga tushishi 2022-yilning uchinchi choragida koʻzda tutilmoqda. Maqsad aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Bu borada ayni paytda nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki qoʻshni Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Afgʻonistondan murojaatlar boʻlmoqda. Bu tibbiyot turizmini ham rivojlantirishga asos boʻladi. Kelgusida davolash maskani ishga tushirilganidan keyin ularning salmogʻi yanada oshadi.

Videoselektor yigʻilishida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, sohada olib borilayotgan ishlarni endi hududlarga koʻchiramiz. Malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Jumladan, saraton kasalligiga oldindan tashxis qoʻyish, tekshirish maqsadida uskunalarni hududlarga ham oʻrnatamiz.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar insonlar salomatligi, turmush sharoitini yaxshilash va kelajakda har bir qilinayotgan ishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.