Hujjatda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, tarixiy obyektlarga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni ogʻir jinoyatlar toifasiga oʻtkazish belgilangan.

Shuningdek, mazkur holatlarda dastlabki tergov oʻtkazishni prokuratura organlariga yuklash, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etish majburiy boʻlgan koʻrsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish belgilangan. Xususan, tarixiy obyektlarga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda ushbu qonunni qabul qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.