Tomonlar Oʻzbekistonda taʼlim, sogʻliqni saqlash, energetika va sud ishlari sohalaridagi yangi loyihalarning muvaffaqiyatli boshlanganligi maʼqulladi.

Oʻzbekistonni iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini mustahkamlash, suv resurslari boshqaruvini va ulardan samarali foydalanish tizimini takomillashtirish, Orolboʻyi mintaqasidagi holatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha fikr almashildi.

Jon Barsa Agentlikning Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan keng miqyosli islohotlarni kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda “C5+1” shakli doirasida, xususan Afgʻonistonni Markaziy Osiyodagi iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qilishga yoʻnaltirilgan USAIDning mintaqaviy loyihalarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Agentlik rahbari yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonga tashrif buyurishga tayyorligni maʼlum qildi.