Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi koʻrib chiqildi.
Afgʻonistondagi bugungi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Xayko Maas Oʻzbekiston tomoniga Afgʻonistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda koʻrsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Afgʻoniston yoʻnalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildilar.
Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.